Space Game Jam-ga ro‘yxatdan o‘tish
🎮 School 21 × EastGames × Uzсosmos agentligi × Yandex Uzbekistan taqdim etadi – Space GameJam
48 soat davomida o‘z fazoviy o‘yiningizni yarating
Bitta mavzu, yuzlab kod satrlari, harakat, do‘stona jamoa va tasavvur parvozidan iborat ikki kun g‘oyani o‘yinga aylantirish imkonini beradi.
Tadbirda jamoa bilan yoki yakka holda qatnashishingiz mumkin. Qolaversa, bu yerda o‘yin bo‘yicha ishchi prototipini yig‘ishga ko‘maklashuvchi hamfikrlarga, kuch-quvvat va ko‘makka ega bo‘lishingiz mumkin.
💡 O‘z kuchingizga ishonmaysizmi? Hechqisi yo‘q!
O‘yin yaratish bo‘yicha tajriba bo‘lishi shart emas. Har qanday yondashuvlar, jumladan, klassik dasturlash, vaybkoding, SI yordamida kontent yaratish kabilar ham qabul qilinadi. Asosiysi – yaratish istagi!
🪙 Sovrinlar:
1. Grafik planshet – 3 dona
2. Klaviatura – 3 dona
3. Sumka – 3 dona
4. Tashqi SSD – 4 dona
5. Mini mikrofon – 2 dona
Eng asosiysi esa, o‘yiningiz koinotni o‘rganish bo‘yicha milliy ta’lim platformasiga kirishi va mamlakat bo‘ylab minglab o‘quvchilarni ilhomlantirishi mumkin! 🌌🚀
Boshqa shahardan ishtirok etayotganlar uchun
Agar Game Jam tadbiriga kelayotgan bo‘lsangiz va Samarqanddan bo‘lmasangiz, unda sizga turar joy masalasida ko‘maklashishimiz va yotoqxona bilan ta’minlashimiz mumkin.
Keling, qolganini o‘zimiz hal qilamiz.
📆 28-30-noyabr
📍 Samarqand, School 21 (Ibn Sino ko‘chasi, 17A)
📋 Joylar soni cheklangan. 23-noyabrgacha (23:59) quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
📋 Muhim eslatma: har bir ishtirokchi forma to‘ldirishi lozim. Yagona jamoa nomini kiritganligingizga ishonch hosil qiling.